 |
Spitsaga 30 ta petlya terib chiqamiz va ro'mol chok (yani ikkala tomonidan ham o'ng (+) ) qilib to'qishni boshlaymiz. Boshlang'ish qismini qatorma qator qilib tushuntirib ketsak maqsadga muvofiq deb bilaman. Yani petlya terib olingandan keyingi qatorni yani 1 chi qatorni oddiy o' ng qilib to'qiymiz. |
 |
Ikkinchi qatordan esa birinchi petlyani ilvolib bitta petlyaga ko'paytiramiz va ohiriga yetguncha to'qib boramiz. Huddi shu ikkinchi qator tugashidan 1 ta petlya oldin yana bitta petlyaga ko'paytiramiz. |
 |
Shu bilan 2 chi qatorimizda 2 ta homaki pelya, yani boshida 1 ta va ohirida 1 ta qo'shilgan bo'lishi kerak. |
 |
Ko'paytirganimizdan keyingi ko'rinish quyidagicha bo'ladi. |
 |
Endi pinetkamizni ikkinchi bosqichiga keldik desak ham bo'ladi. Petlyalar sonini teng 3 ga bo'lib olamiz. 16 ta 8 ta va yana 16 ta. Birinchi 16 talikni o'ng qilib to'qiymiz. 8 ta petlyani esa 6 tasini to'qib, 7-8 chi petlyalarni bir qilib to'qib olamiz va keyingi 16 talikka o'tmay orqa tarafga aylantiramiz. |
 |
 |
Orqa tarafdan esa o'sha 2 tasini 1 qilib olgan petlyamizni to'qimay ilib olamiz va undan keyin 5 ta teskari (-) petlya to'qib ( yani 1 ta boshida ilib olgan petlyamiz bilan jami 6 ta petlya bo'ladi) yana 7-8 chi petlyalarni bitta qilib to'qiymiz. Shunday qilib o'rtadagi 7 ta petlyani to'qib ikki chettagi petlyalar sonini to 11 ta bo'guncha kamaytirib to'qiymiz. |
 |
Ikki tarafda ham 11 ta petlyadan qolgandan keyin ohirgacha to'qib olib boramiz. |
 |
Lenta uchun teshikchalar yasash quyidagicha bo'ladi: 2 ta petlyani bir qilib to'qib, rasmdagidek bitta homaki petlya ilib olamiz. Shunday qilib 1 ta qatorni ohirigacha 2 ta petlyani bir qilib bitta homaki olamiz. Petlyalar soni o'zgarmaslik kerak. Keyingi qatordan esa bitta o'ng va bitta teskari ( yani 1 ga bir rezinka) qilib to'qishni davom ettiramiz. Jami rezinkamiz 22 qator bo'lishi kerak. |
 |
Mana pinetkamizning asosiy qismi tayyor bo'lib qolay dedi. Berkitishni quyidagi rasmlar orqali o'rganishingiz mumkin. Yani 2 ta petlyani bir qilib to'qib yana birinchi spitsaga qayta o'tkazamiz. Shu yo'sinda pinetkamizni yopib chiqamiz. |
 |
 |
 |
Pinetkamiz tayyor! Endi buni ulab bezatishga harakat qilamiz. Bezatish ishlarini kyuchok orqali bajaramiz. Bezatiladigan joylar aniqroq ko'rinishi uchun oq rangli ipdan foydalanildi. |
 |
 |
 |
 |
 |
Mana jajji pinetkamiz ham tayyor bo'ldi, inshaAlloh jajji muslim, muslimalarimizni qishda oyoqlarini issiq tutishda hizmat qiladi degan umiddamiz. |
 |
Wyyyy Barno opo o'ziz to'qidizmi. Shunaqa paypoqchalardi ko'rsam rossa havasim keladida. MashaAlloh opajon ishlarizga rivoj.
O'ziz to'qish bo'yicha ustasizakanuuuu bilmay yurganakamiz. 
Mastura singlim, silaram to'qib usta bo'lishinglar uchun qo'yildida
. O'rganib qo'ysez inshaAlloh kelajakda bolachalarga zarar qimaydi, nima dediz 
Albatta opajon. InshaAlloh to'qishka harakat qib ko'raman eplolsam bo'ldi. Hecham qolimdan kemidiganga o'hshedi. Uncha yahshi tushunmimanda toqishni. :"> Qiyindek ko'rinoradi.
Хаммангизга ассалому алайкум! Деярли 2 хафта бемалол киришга, постларни укишга имкон булмади. Узиям роса форумни согинибман
Админка, пинетка эса жуда ширинтой чикибди. Менга айникса, мастер-класс килганингиз жуда ёкди. Рахмат. Спицадаям, крючокдаям уста экансизда а. Яна тукиш асарларингиздан кутаман.
Мастурахон, бир бошласангиз эпалаб кетасиз. Битта крючок, 1 ип. Бир уриниб куринг. 
Waalaykum assalam, yo'q opajon, u darajada usta emasman, lekin inshaAlloh hayotimizda foydalik deb bilganlarimni imkon qadar qo'yib borishga harakat qilaman opajon, duodan to'htamasangizlar bo'ldi
.