Masalliqlar:
0.5 kg guruch
0,5 kg go'sht
1 bog' jandu
4-5 ta qizil aralash ko'k bolg'or qalampiri (balgarskiy)
1 ta kichkina kartoshka
3-4 ta sarimsoqning tiligi (zubi)
1 ta katta pomidor (yok tayyor tomat)
1-2 tadan pomidor va bodring (yasatish uchun)
Guruchni pishirish:
0,5 kg guruchni yaxshilab tozalab va yuvib, iliq suvda 20 minut ivitamiz. Qozonni qizdirib 2 qoshiq yog' solamiz, guruchni ag'darib ozgina kovlab tuz solamiz (shu paytda ozgina koreys tuzidan solsak ham bo'ladi(vijiyn)) so'ng ko'mar ko'mmas suv solamiz va ustini yopamiz. 5 minutcha turadi.
Gampanning sayi:
Qozonni qizdirib yog' solamiz. Avval go'shtni ozgina, keyin piyozni yaxshilab qovurib, pomidor yoki tomat solamiz. Uni ham yaxshilab qovurib olib kartoshkani solamiz (somoncha), ketida yarim piyoladan suv solib ustini yopib 5 minutga dimlab qoyamiz. Yana ustini ochib sarimsoq va bolg'orlarni solamiz (somoncha, kattaroq), ketidan 1 kosa suv solamiz. Qaynab chiqganidan so'ng, selderni yaprog'ini solamiz (agar bo'lsa) va olovni o'chiramiz.
Yasatish:
Pishgan guruchni toza piyolaga zichlab solib likop ustiga to'kamiz, chiroylik shakl paydo bo'ladi, oldiga esa sayini solamiz 1 ta bodring va bitta pomidorni shaklda to'g'rab atroflarini yasatsak ham bo'ladi.