Skip to Content

Farzandingiz his-tuyg'ularini sabr bilan tarbiyalang!

Sabrning bola tarbiyasidagi roli va xarakter shakllanishidagi ijobiy ta’sirlarini aniqlashga yo’naltirilgan kuzatuvdan qiziq natijalarga ega bo’lindi.”Shirinlik testi” deb nom berilgan bu kuzatuvda 3-5yoshli bolalarning sabrlari sinaldi.Sinovning sharti sabr qilib (edited)ib turgan bolalarga 2ta shirinlik,sabrsiz bo’lgan bolalarga esa 1ta shirinlik beriladi.Har ikki guruhda sabrsiz bo’lgan bolalarga 1ta shirinlik berilib,ularni bir chetga chiqarib qo’yildi.2ta shirinlik olishni istagan bolalar esa,sinov oxirigacha o’zlarini mashg’ul qiladigan bir ish topib,2ta shirinlik olishga muvaffaq bo’lishdi.Har ikki guruhdagi shaxslarni mutaxassislar 20yil davomida kuzatib, sabrsiz bo’lgan bolalarning hayotlari davomida erishgan yutuqlari nisbatan past,katta ish tajribasiga ega bo’lolmagan,ijtimoiy tomondan ham nisbatan past va zaif bo’lganliklari ko’rildi.Sabrli bo’lib 2ta shirinlik olgan bolalarda esa,hayotda tutgan o’rinlari nisbatan yuqori,insonlar bilan tez kirishib ketadigan va o’ziga ishonchi kuchli bo’lgan shaxs bo’lib etishganliklari kuzatildi.

Ota-onaning sabr darajasi bolaga ham ta’sir qiladi .

Ko’p odamlar o’zlarini “men jahldorman”,”tez lovullab ketaman”,deb xuddi bu xarakter ularning tug’ilishlaridan mavjud bo’lib,hech qachon va hech bir usul bilan o’zgartirib bo’lmaydigan xarakterday ishonib qolishgan.Bunday tushunchalarni bola ham o’z ata-onasidan ko’radi va taqlid qiladi.Balog’at yoshiga kelganida esa,”ota-onasi kabi jahldor”yoki “onasi kabi shattaki”,degan gap so’zlarni e(edited)adi. Vaholanki,bunday illatlarni miyaning ma’lum qismlariga sabrni o’rgatish bilan yo’qotsa bo’ladi.

Kichik yoshidan boshlab bola ota-onasidan voqea-hodisalarga nisbatan sabrli va sovuqqonlik bilan munosabatda bo’layotganliklarini ko’rishi,uning xarakterida sabrning shakllanishida ijobiy ta’sir ko’rsatadi.Qisqacha qilib aytganda,ota-onaning harakat va munosabatlari bolaning sabrli bo’lishiga ta’sir qiladi.0-6yosh davri oralig’da bu boradagi beriladigan tarbiya o’ta muhim hisoblanadi.

O'qish qobiliyati past o'quvchilarda sabrsizlik.

Tez asabiylashadigan,o’zidan boshqasi gapirganda sabr bilan e(edited)a olmaydigan,dars qilishga toqati yo’q,aytilgan kichkina tanbeh yoki shu kabi so’zlarga ham tez javob qaytarish odati bor,ozgina aqliy yoki jismoniy mehnat talab qiladigan ishlarni ham davom ettirmay,chala qoldirib ketadigan bolalarning o’quv jarayonlarida ham erishgan muvaffaqiyatlari past ekanligi kuzatildi.

Ba’zi o’quvchilar 2-3marta takrorlaganda yoki ko’z yugirtirganda o’rganib olish mumkin bo’lgan vazifalarni,sabrsizlik natijasida siqilib,yetarli saviyada o’rganolmaydilar.Natijada o’sha darsga nisbatan qiziqishlari qolmaydi,diqqatlari tarqalib,”qilolmayman”,”o’rganolmayman”,deb o’zlarini ishontirib qo’yadilar va sinfdan orqada qolish ular uchun odatiy holga aylanadi.Aslida bu holat bolaning ichida yashirin sabrsizlikning tashqariga aks etishi deb tushunilsa bo’ladi.Bu “aks”bolaning maktab davrlarida muvaffaqiyatsizlikda ko’rilsa,katta yoshga yetganda turmush o’rtog’iga nisbatan sabrli bo’lolmaslik va ajrashish,qisqa vaqtda bir qancha ish joyini almashtirish,sog’lom va mustahkam ijtimoiy muhit qurolmaslik kabi shakllarda namoyon bo’ladi.

Ota–onalarga tavsiyalar

  • Bola ota-onasining o’rtasida ijobiy va salbiy voqealarga nisbatan ortiqcha ta’sirchanligini ko’rmasligi kerak,chunki ota-onasining o’zaro har qanday munosabatlari bolaga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qiladi. Ota-ona o’rtasidagi kichkina muommolardan yuzaga keladigan katta janjallar bola tarafidan yengilgina”organib”borilishi mumkin.
  • Farzandingiz bilan sabr va vaqt talab qiladigan o’yin o’ynang.Masalan, farzandingiz bilan o’yinchog’ini uch daqiqa yuqoriga ko’tarib turish, kim ko’p bir oyoqda turish, mayda detalli parchalarni terish kabi o’yinlarni o’ynashingiz mumkin.
  • Kichik yoshdagi bolalar xudbin bo’lganlari uchun istagan narsalarina o’sha ondayoq amalga oshirilishini (edited)adilar.Sabr tarbiyasida bunday holatlardansamarali foydalanish mumkin.Masalan bola bir narsa olib berishini so’raganida “qanchadir muhlat (edited)ish kerak”ekanini ayting.
  • Kattalardan oldin kichiklar ovqat boshlashi mumkin emasligini o’rgating.Kattalar dasturxondan turmagunicha kichiklar turishi mumkin emas kabi odatlar ham sabrni tarbiyalashda muhim omillardandir.
  • Kechki paytlari,butun oila a’zolari bilan yig’lib yarim soat kitob o’qilishi,ota-onalar buni davomiy amalga oshirishi bolaning sabrli bo’lishiga ijobiy ta’sir qiladi.
  • Faoliyat jarayoni o’rniga natijaga yo’nalgan ota-onalar ham bolaning sabrli bo’lishiga to’sqinlik qiladilar.Farzandidan doimiy va to’liq muvaffaqiyt (edited)adigan”mukammalchi”ota-ona bolaning dars qilish muddati va sarflayotgan g’ayratiga katta ahamiyat bermaydi,chunki ular uchun asosiy narsa natijadir.Aksincha,ota-onalar biror maqsadga erishishda sabrli g’ayrat kerak ekanligiga ahamiyat berishlari kerak.