Hayo libosi
E’tiqodi yo’qning hayosi yo’q!
Hayo insondagi buyuk bir fazilat bo’lib, u har lahza insonni insoniylik sha’niga noloyiq ishlardan qaytarib turadi. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: “Hayo faqatgina yaxshilik keltirar.” Shuningdek, rasululloh s.a.v. hayo imon-e’tiqodning ajralmas bir bo’lagi ekanining xabarini berdilar.
Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: “Imon-e’tiqod oltmish (ba’zi rivoyatlarda etmish) dan ortiq qismdan iboratki, uning eng oily darajsi “La ilaha illalloh” kalimasi bo’lsa, quyi darajasi (odamlar yuradigan) yo’ldan (ularga) ozor etkazadigan narsalarni olib tashlash (bilan bo’ladi). Hayo ham imonning bir bo’lagidir.” (Imom al-Buxoriy, Imom Muslim va boshqa muhaddislar rivoyati)
Rasululloh s.a.v. (bir kuni) bir kishining birodarining hayoli, uyatchanligi uchun unga dashnom berayotganligining ustidan chiqib qoldilar. Shunda unga “Uni tinch qo’y! Hayo-bu imonning bir bo’lagi! ” degan edilar. Yuqoridagi hadislar hayoning buyuk fazilat ekaniga yetarli asosdir.
Ibn al-Qayyim bu borada quyidagi fikrlarni bildirgan: “Hayo so’zi arab tilida “hayat”-tiriklik, harakat so’zidan yasalgan. Shu bois qalbning hayotiylik darajasi hayoning undagi o’rni, quvvatiga qarab belgilanadi: hayoning kamligi-bu qalb va ruhning o’likligidan nishona. Qalb tirik bo’lishi uchun hayo mukammal bo’lmog’i lozim. Hayo bu shunday fazilatki, u insonni behayo ishlarni qilishiga monelik qilib, birovning haqqini urib qolishiga to’sqinliklik qiladi.”
Hayo odatda ikki xil bo’ladi:
1.Banda va xudo o’rtasidagi hayo;
2.Odamlar o’rtasidagi hayo;
Banda va xudo o’rtasidagi hayo-bu bandaning Rabbisi ko’z o’ngida Uning buyruqlariga teskari ish qilishi, unga osiylik qilishidan uyalishi, hayo qilishidir. Ushbu tur hayoni payg’ambarimiz s.a.v. quyidagicha bayon qiladilar: “U zotdan chinakamiga uyaling! Ular (sahobalar) biz ham hayo qilayotirmiz, deyishdi. U zot s.a.v. sizning hayoyingiz bo’lmaydi (yaramaydi). Alloh taolodan chinakamiga hayo qiladigan kishi boshi va aqlu ongini, qorni va havoyi nafsini jilovlab, muhofaza qila oladi, o’lim va (boshiga tushgan) falokatni doimo yodida tutadi. Oxiratni degan kishi dunyo ziynatiga ko’ngil bermaydi. Mana shu ishlarni qila oladigan kishi chinakamiga Alloh taolodan uyaladigan, hayo qiladigan kishidir.” (Imom at-Termiziy rivoyati)
Rasululloh s.a.v. banda va xudo o’rtasidagi hayoni mana shu uslubda bayon qildilar, uning ba’zi bir jihatlarini ko’rsatib o’tdilar: demak, bu- tanasidagi a’zolarning gunoh ish qilishidan tiyish, o’lim haqligini eslab turish, dunyoga ko’ngil bermaslik, oxirat ishlari qolib dunyo ortidan quvib, uning lazzatlari bilan ovora bo’lib qolishdan ehtiyot bo’lishdir. Odamlar o’rtasidagi hayo kishini insoniylik sha’niga noloyiq ishlarni qilib qo’yishdan qaytarib turadi. Shu bois kishi odamlarning uni biron bir gunoh, noloyiq bir ish ustida ko’rib qolishini o’zi uchun ayb deb biladi. Bu kabi hayo kishini beodob, behayo bo’lishining oldini oladi. Alloh taolodan chinakamiga uyalgan kihsi esa har bir holatda-odamlar orasida bo’ladimi yoki yolg’iz qolgandami-Alloh man qilgan ishlarni qilmas. Bu esa Alloh taoloni tanishdan, uning ulug’vorligi, salobatini anglab yetishdan, bandasining oshkora-yu maxfiy ishlaridan ogoh ekanligini butun vujudi bilan his qilishdan hosil bo’lgan bandalik hayosidir. Mana shu hayo imon-e’tiqodning ajralmas bir bo’lagi. Odamlarning o’zaro o’rtalaridagi hayo kishini yomon hatti-harakat va yomon xulqdan uzoq bo’lishga-og’zi buzuq, chaqimchi, benomus, axloqsiz bo’lishiga, gunoh va behayo ishlarni bemalol qilishiga yo’l bermaydi. Bandaning Rabbisidan qilgan hayosi esa uni ichki, maxfiy, sirli, ma’naviy buzuqlikdan tiyilishiga sabab bo’ladi. Demak, Rabbisidan hayo qilmay odamlardan hayo qiladigan kishi chinakam imon-e’tiqodi bo’lmagan hayoli kishidir. Rasululloh s.a.v. bunday deganlar: “Odamlarning mendan oldingi payg’ambarlarning aytgan gaplari (keltirgan xabarlari) dan idrok qilib olganlari: uyalmasang, bilganingni qilaver, bo’ldi.”(Imom al-Buxoriy rivoyati)
Hayosi yo’q kishi ko’ngli tusagan ishga qo’l urishi mumkin. Sahoba Salmon al-Forsiy r.a. bunday deganlar: “Alloh taolo qaysi bir bandasini (uning qilgan ishi sabab) halok qilishni iroda etgan bo’lsa, undan avval hayo libosini yechib olar. Shunda u yoqimsiz kishi bo’lib qoladi. Bunday yoqimsiz kishidan keyingi galda sadoqat, rostgo’ylik libosini yechib olar. Endi u xoin, sotqinga aylanib qoladi. Keyin bunday xoin, sotqindan rahm-shafqat libosini tortib olar. Endi u toshbag’ir inson bo’lib qolar. Keyin bunday bag’rioshdan imon libosini echib olarki, endi u bamisoli la’nati shayton bo’lib qolar.” Ibn Abbos r.a. bunday deganlar: “Hayo va imon-e’tiqod ikkisi bamisoli egizakdir. Biridan mahrum bo’lgan kishi ikkinchisidan ham ajralib qolishi muqarrar.” Yuqoridagi hadislardan shu narsa ma’lum bo’ladiki, kimda-kim hayo libosidan mahrum bo’lsa, u haromdan tap tortmaydigan, qilayotgan manfur ishlarini xayrli deb hisoblaydigan, gunoh ish qilishdan qo’rqmaydigan bo’lib qoladi. Qilayotgan razilligi bilan faxrlanadi. “Rabbilaridan g’oibona qo’rqadigan kishilar katta-katta ajru mukofot sohibidirlar. Siz oshkarami, maxfiymi gapiravering!… Shubhasiz, U qalbdagini biluvchi zotdir. Ey, U zot lutfu karam sohibi, (barcha narsadan) ogoh zot bo’lsa, yaratib qo’yganini (juda yaxshi) biladi!”(Mulk surasi 14 oyat)
MashaAlloh Alloh rozi bo'lsin. Barchamizdan Alloh iymonimiz, hayomizdan ayirmasin Amiin.
maqola erkak kishi tamonidan kiritilganmi tushunmadim???
______________________________________________________________
Ўзингни тузат, шунда одамлар ҳам сен учун тузалади.( Абу Бакр Сиддиқ р.а.
Ha, saytimizdagi hamma foydalanuvchi maqola kiritish huquqiga ega..
______________________________________________________________ Ўзингни тузат, шунда одамлар ҳам сен учун тузалади.( Абу Бакр Сиддиқ р.а.
albatta opajon
ayollar uchun hayo libosi bu hijob lekin hozir buga qarshilar juda kup masalan hozir uzb da hijobga zur berib qarshi chiqishmoqda
Савол: Домла, мен ҳозир Европа мамлакатларидан биридаман. Рўмол ўраганман. Ўзбекистонга бормоқчиман. Турмуш ўртоғим ва унинг акаси рўмолимни ечиб кетишимни айтишяпти. Ўзбекистонда ҳозир шундай вазият, дейишди. Илтимос, маслаҳат беринг, нима қилай? Вақтинчалик ечиб, яна кийсам бўладими?
Жавоб: Аёллар учун рўмол ўраш Аллоҳ буюрган фарздир. Аллоҳнинг талабини ҳеч ким бекор қила олмайди ва Аллоҳнинг буйруғини бирор киши учун тарк этиш ҳам жоиз бўлмайди.
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтадилар:
“Мусулмон инсон зиммасида – модомики гуноҳ ишга буюрилмаса – ўзига ёққану ёқмаган ишда қулоқ солиш ва итоат қилиш вожибдир. Гуноҳ ишга буюрилган пайтда қулоқ солиш ва итоат йўқдир“. (Саҳиҳул-Бухорий).
Маълумки, рўмол ўраган аёлларнинг Ўзбекистонга кириши мумкин эмас, деган очиқ-ойдин қонун йўқ. Аммо Ўзбекистонда рўмол ўраган аёлларга қарши ошкоро тазйиқлар бўлаётгани дунёга маълум. Шунга қарамасдан кўпгина муслималар ўз ҳуқуқлари учун курашаяптилар. Ҳукуматнинг рўмолни ечиш талабига бўйсунаётганлари йўқ. Улар Аллоҳга чиройли итоат намунасини кўрсатмоқдалар. Бироқ ҳамма инсонларнинг иймон ва иродалари бир хил эмас
Аллоҳнинг имтиҳонидан ўта олмаётган, тазйиқларга дош бера олмасдан рўмолини тарк этаётганлар ҳам топилади.
Агар ҳукумат органлари Ўзбекистонга ташқаридан кириб келаётган аёллар учун рўмолни ечиб кириш талабини қўяётган бўлса, бу талаб қаршисида ҳам ҳамма бир хил муносабатда бўла олмайди. Кимдир осонликча таслим бўлади. Йўлига бир пўписа қилса, дарров рўмолини орқадан ўраб олади ёки ечиб қўя қолади. Кимдир ундай эмас. Аёллар ичида иймони кучли, қўрқмас, ўз ҳаққини биладиган муслималар ҳам кўп, алҳамдулиллоҳ. Улар фосиқ ва иймонсизларнинг золим талабларига дарров бўйсуниб қолмайдилар.
Шуларни таҳлил қила туриб, рўмолга қарши давом этаётган таъқиқ ва таъқиблар қаршисидаги аёлларни уч гуруҳга ажратиш мумкин:
1. Ҳукумат талабига сўзсиз таслим бўлиб, рўмолидан воз кечаётган иймони заифлар;
2. Золимлардан қўрқмасдан, Аллоҳ йўлида мустаҳкам турган мард аёллар;
3. Синовларга дош бера олмаслигини билиб, ўзини хавфли вазиятлардан узоқ тутаётганлар.
Сиз бу уч гуруҳнинг қайси биридансиз? Бу гуруҳлардан қайси бирининг йўли тўғри? Албатта биринчи гуруҳдаги одамларнинг ишлари нотўғри.
Рўмолни ечишга маслаҳат бераётган эркакларга келсак, шуни айтиш мумкинки, бундай “маслаҳат” машаққатга тоби йўқ, енгил ҳаётга ўрганиб қолган, жонининг ҳузурини ҳамма нарсадан устун қўядиган ё эса Ислом аҳкомларини яхши билмайдиган одамлардан чиқади. Бунинг ўрнига улар қандай қилса аёлларнинг ҳурмат ва иффатлари сақланади, ҳақ-ҳуқуқлари ҳимоя остида бўлади, шулар ҳақида гапирсалар, излансалар тўғри бўлади.
Мўмина аёллар ўзларига ишонсалар, вазиятни тўғри баҳолай олсалар, бориш зарур бўлган ерга ҳижоб билан борадилар ва Аллоҳ йўлида собит турадилар. Аммо аёл киши ўз кучига ишонмаса, ёнида ҳимоячиси бўлмаса, рўмолини ва иффатини ҳимоя қилишга кўзи етмаса, хатарли ерга боришдан албатта ўзини тийиши керак.
Аёл киши маҳрамсиз сафар қилиши жоиз эмас. Бунинг устига эркагу аёлга баробар тазйиқ бўлаётган нотинч юртга аёл киши қандай қилиб ҳимоясиз бориб бўлади?!.
Аллоҳ таоло мусулмон аёлларга сабр-бардош ва улкан ажр-савоблар ато қилсин. Иймонсиз ва золимларга Ўзи кифоя қилсин.
Обидхон қори Собитхон ўғиллари
Манбаъ: Ислом овози