Alloh taolo yaxshi ko’radigan ishlardan xabardormisiz?
Yakkayu yolg’iz iloh - Alloh taologa hamdu sano, payg’ambarimiz Muhammad s.a.v ga durudi salavotlar bo’lsin! Alloh taolo boshqalariga nisbatan ko’proq yoqtiradigan ishlar, hatti- harakat, joy, vaqt va hokazolar haqida so’zlamoqchimiz:
1. Mushkirona e’tiqodlardan xoli e’tiqod. Payg’ambarimiz s.a.v.dedilar: “Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan din - (mushrikona e’tiqodlardan xoli) sof e’tiqoddir.” (Imom Ahmad rivoyati)
2. Namoz o’qish, ota- onaga mehr- muruvvat ko’rsatish va Alloh yo’lida jihod qilish. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: “Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan ishlar (eng avval) namozni o’z vaqtida o’qish, undan keyingisi ota-onaga mehr-muruvvat ko’rsatish, so’ngisi Alloh yo’lida jihod qilishdir.” (Imom al-Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari)
3. Imon keltirish, qarindosh- urug’chilik aloqalarini mustahkamlash, Alloh taolo buyurgan ishlarga targ’ib qilish va Alloh taolo ta’qiqlagan ishlardan qaytarish. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: “Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan ishlar (eng avvali)U zot (ning borligi va birligi)ga imon keltirish, undan keyingisi qarindosh-urug’chilik aloqalarini mustahkamlash, so’ngisi Alloh taolo buyurgan ishlarga targ’ib qilish va Alloh taolo qaytargan ishlardan qaytarish.” (Abu Ya’lo rivoyati)