"G’ishsh"(aldamchilik, yolg'on, firibgarlik, qalloblik, laqillatish, o'zganing haqqini yeyish va hokozolar), uning ta'rifi, ko'rinishlari va zararlari.
Alloh taologa hamdu sano, Rasuliga va u zotning oila ahli va sahobalariga durudu salovatlar bo'lsin!
Alloh taolo Qur'on Karimning bir qancha o'rinlarida firibgarlik, qalloblik, aldamchilikni qattiq qoralagan va ushbu sifatga ega kishilarga "Vayl" (jahannamdagi vodiy nomi) ni va'da qilgan. “O'zlariga tortib olganda to'la-to'kis tortib olib, uni o'zgalarga tortib berganda esa tarozidan urib qoladigan kishilarga vayl bo'lsin!”.(Al- Mutoffifin:1-3).
Bu tarozidan urib qoluvchilar holi. Odamlar haqqini yeydigan, ularni laqillatib molini umaradiganlar ahvoli ne kechar ekan?!
Shuayb a.s. ham o'z qavmini bu kabi illatdan qaytargani Qur'onda aytib o'tilgan. Rasululloh s.a.v. ham bu kabi ishni qattiq qoralaganlar. U zot bir kuni uyib qo'yilgan oziq- ovqat oldidan o'tib qolib, qo'llarini uning orasiga tiqib ko'rsalar, ichi nam ekan. Shunda sotuvchidan , bu nimasi?, deb so'radilar. U Ey Allohning rasuli, yomg'ir suvi tushib namiqib qolibdi, dedi. U zot namiqqanini odamlarga ko'rinarli qilib qo'ymadingmi?! Kim bizni laqillatmoqchi bo'lsa, u bizdan emas, dedilar. (Imom Muslim rivoyati) Rasululloh s.a.v. ning "bizdan emas", deya baho berganlari bu kabi illat naqadar xatarli, jirkanch ekanini bildiradi. Bundan ko'ra og'irroq jazo yo’q. "g’ishsh" so’zi ta'rifi: Al- Munaviy fikricha, "g’ishsh"- bu oppoq narsa ustiga tushgan qop-qora dogdir. Al- Kufiy ta'rificha, "g’ishsh" bu qalbdagi dog, yuzdagi tundlik bo'lib, bu hasad va kin mevasidir. Ko'rinishlari:





