Milanda Byanki nomli bir hisobchi yashagan ekan. Xotining ismi esa Roza ekan. Byanki va Rozaning juda chiroyli, kichkina o‘g‘illari bor ekan. Bolaning ismi Jovanni Battista ekan, ammo hamma uni Tino deb chaqirarkan.
Tino 3 yoshga kirganda qandaydir g‘alati kasalikka chalinibdi.
Bir kuni do‘kondan qaytgan Roza o‘ynab o‘tirgan o‘g‘lini ko‘rib, yuragi orqaga tortib ketibdi. Tino... onaga xuddi kichrayib ketganday ko‘rinibdi. U yugurib borib Tinoni ko‘tarib olib, erkalay boshlabdi.
Xayriyatki, u adashgan ekan.





