Robbimizga yoqadigan ishlar

 Alloh taolo yaxshi ko’radigan ishlardan xabardormisiz?

Yakkayu yolg’iz iloh - Alloh taologa hamdu sano, payg’ambarimiz Muhammad s.a.v ga durudi salavotlar bo’lsin! Alloh taolo boshqalariga nisbatan ko’proq yoqtiradigan ishlar, hatti- harakat, joy, vaqt va hokazolar haqida so’zlamoqchimiz:

1. Mushkirona e’tiqodlardan xoli e’tiqod. Payg’ambarimiz s.a.v.dedilar: “Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan din - (mushrikona e’tiqodlardan xoli) sof e’tiqoddir.” (Imom Ahmad rivoyati) 

2. Namoz o’qish, ota- onaga mehr- muruvvat ko’rsatish va Alloh yo’lida jihod qilish. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: “Alloh taolo eng yaxshi ko’radigan ishlar (eng avval) namozni o’z vaqtida o’qish, undan keyingisi ota-onaga mehr-muruvvat ko’rsatish, so’ngisi Alloh yo’lida jihod qilishdir.” (Imom al-Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari)

"...bizdan emas!"dan qo'rqaylik.

"G’ishsh"(aldamchilik, yolg'on, firibgarlik, qalloblik, laqillatish, o'zganing haqqini yeyish va hokozolar), uning ta'rifi, ko'rinishlari va zararlari.

Alloh taologa hamdu sano, Rasuliga va u zotning oila ahli va sahobalariga durudu salovatlar bo'lsin!

Odamiylik izidan

<!--paging_filter-->

Musulmonlarga ozor yetkazish gunohi azim!

Rasulululloh s.a.v. yo’llardan ozor yetkazadigan narsalarni olib tashlash imon-e’tiqodning bir bo’lagi va jannatga kirishga sabab bo’luvchi xayrli ish ekanining xabarini berdilar. Zero yo’llarga yo’lovchilarga ozor beradigan narsalarni tashlab ketish gunohi azim, manfur ishdir. Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: “Imon-e’tiqod oltmish (ba’zi rivoyatlarda etmish) dan ortiq qismdan iboratki, uning eng oily darajasi “La ilaha illalloh” kalimasi bo’lsa, quyi darajasi (odamlar yuradigan) yo’ldan (ularga) ozor etkazadigan narsalarni olib tashlash (bilan bo’ladi). Hayo ham imonning bir bo’lagidir.” (Imom al-Buxoriy, Imom Muslim va boshqa muhaddislar rivoyati)

Ota-onang boshing uzra toj qilgin!

OTA-ONA HURMATINI JOYIGA QO’YISH, ULARNI E’ZOZLASH

Ota- ona hurmatini joyiga qo’yish, ularni e’zozlash Islom dinimizning negizlaridan birini tashkil qiladi. Bu Qur’oni Karimning bir necha o’rinlarida va hadisi shariflarda belgilab qo’yilgan. “Rabbing mendan boshqaga bandalik qilmangiz va ota- onaga ezgulik qilingiz, deb amr etdi: ulardan birlari yoki ikkovlari ham sening ko’z -o’ngingda qarilik yoshiga yetishgach, ularga “uf...” dema, ularni jerkima, ularga shirin so’zli bo’l! Ular (poyiga) ga mehr-muruvvat (tuyg’usi)dan iborat xokisorlik qanoti ostiga ol va ey rabbim, ular meni yoshligimda tarbiya etkanlari kabi ularga rahm- shavqat ko’rsat, deb iltijo qilgin!” (Al-Isro surasi, 23-24 oyatlar)

Jajji pinetka 2

Muslima.uz Bugungi to'qish darsida o'rganmoqchi bo'lgan narsamiz mana shu jajjigina pinetka bo'ladi. Quyidagi to'qimoqchi bolgan pinetkamiz 3-6 oylik yangi tug'ilgan chaqaloqlarimiz uchundir. Agarda kattaroq yoshdagi bolachalar uchun pinetka to'qimoqchi bo'lsangiz, bemalol bizga murojaat qilishingiz mumkin. Petlya sonlarini to'g'ri hisob qilib berishga harakat qilamiz inshaAlloh.
Unda Bismillah deb boshlasak.

Ochiq chehralik

Qovog’i soliq do’stlarimizga..

Hayot tashvishlarimiz ko’p. Charchaganmiz. Lekin o’zgalarga qovoq solib, zahrimizni sochishimiz bizning yumushlarimiz, hayot tashvishlarimizni biroz bo’lsada engillatib, ozaytirarmi?! Do’stim, qadrdoningni ko’rganda uni yuzingda tabassum bilan qarshi ol! Payg’ambarimiz s.a.v. aytganlaridek: “Birodaringni ochiq chehra bilan qarshi olishing ham sadaqa (qilgan hisobiga o’tar).” (Imom al-Buxoriy rivoyati).

Sadaqa qilganlik savobi beriladigan tabassum qanday tabassum?

Hayo libosi

E’tiqodi yo’qning hayosi yo’q!

Hayo insondagi buyuk bir fazilat bo’lib, u har lahza insonni insoniylik sha’niga noloyiq ishlardan qaytarib turadi. Payg’ambarimiz s.a.v. dedilar: “Hayo faqatgina yaxshilik keltirar.” Shuningdek, rasululloh s.a.v. hayo imon-e’tiqodning ajralmas bir bo’lagi ekanining xabarini berdilar.

Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi, rasulululoh s.a.v. dedilar: “Imon-e’tiqod oltmish (ba’zi rivoyatlarda etmish) dan ortiq qismdan iboratki, uning eng oily darajsi “La ilaha illalloh” kalimasi bo’lsa, quyi darajasi (odamlar yuradigan) yo’ldan (ularga) ozor etkazadigan narsalarni olib tashlash (bilan bo’ladi). Hayo ham imonning bir bo’lagidir.” (Imom al-Buxoriy, Imom Muslim va boshqa muhaddislar rivoyati)

Eid ul-Fitr barchangizga muborak bo'lsin!

Assalamu alaykum varohmatullohi vabarokatuh. Muslima.uz hodimlari barchangizni kirib kelayotgan Ramazon Hayiti bilan chin yurakdan muborakbod etadi. Alloh oilangizga tinchlik hotirjamlik,o'zingizga mustahkam so'g'liq bersin. Ramazon oyida tutgan ro'zalaringizni o'z dargohida qabul qilib, kelasi Ramazonga ham eson omon yetib olishlikni nasib qilsin. Alloh qilgan gunohlaringizni mag'firat qilib, to'g'ri yo'ldan adashtirmasligini so'rab duo qilib qolamiz.

РАМАЗОН ОЙИНИНГ ФАЗИЛАТИ

Аллоҳ таоло айтади:
" (У саноқли кунлар) Рамазон ойидирки, бу ойда одамлар учун ҳидоят бўлиб ва ҳидоят ва фурқон (ҳақ билан ботилни ажратгувчи)нинг очиқ оятлари бўлиб Қуръон нозил қилинган..." (Бақара сураси, 185-оят).
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадисда Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар: "Менинг исмим зикр қилинганида, саловот айтмаган киши хор бўлсин. Ота-онасининг икковининг ҳам ёки бирортасининг тириклиги-да хизматини қилиб, розилигини олмаган фарзанд хор бўлсин. Ва шунингдек, Рамазон ойи келиб, бу муборак ой охирида мағфиратдан бебаҳра қолган киши ҳам хор бўлсин". Чунки Рамазон ойи мағфират ва раҳмат ойидир ("Зубдатул воизийн").

Рўзага оид савол-жавоблар

Савол:    Рўза,    саҳарлик,    каффорат   ҳақида    бир    неча саволларим бор эди, шуларга жавоб бера олмайсизларми?

Жавоб: Бажонидил.

  1. Тонг отиб колди, деб шубҳаланадиган вақтга қадар саҳарлик қилиш макруҳдир.
  2. Рамазон ойида саҳарлик қилиш рўза нияти ўрнига ўтади («Фатавои Оламгирийя»).
  3. Қуёш ботганидан сўнг эртанги кун рўзаси учун ният қилиш мумкин («Мабсути Сарахсий»).
  4. Рамазон рўзасининг ниятини кун ярим бўлай дегунча қилиш мумкин, қазо ва каффорат рўзаларининг ниятини тонг отгунча қилиш лозим. Тонг отгандан қуёш ботгунча кун ҳисобланади.